Buxoroda yuk avtomobili beton to‘siqqa urildi

Buxoroda yuk avtomobili beton to‘siqqa urildi


⚡️Joriy yilning 21 oktyabr kuni soat 12:00 larda Buxoro viloyati, Vobkent tumani hududidan o‘tuvchi M-37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining 249-kilometrida haydovchi 1979 yilda tug‘ilgan M.Q. "Daf" rusumli yuk avtomobilda harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida qarama-qarshi oqimni ajratuvchi yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilib, YTH sodir etgan.

🔹Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositasiga zarar yetgan.

❗️Mazkur YTH yuzasidan Vobkent tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!