Buxoroda soxta Milliy gvardiya xodimi qo‘lga olindi

Buxoroda soxta Milliy gvardiya xodimi qo‘lga olindi

Buxoro viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolovning «Daryo»ga ma’lum qilishicha, o‘zini Milliy gvardiya xodimi deb tanishtirib, fuqarodan pul undirgan shaxs qo‘lga olingan.

Ta’kidlanishicha, Vobkent tumani «G‘aribshoh» mahallasida yashovchi 21 yoshli M.S. o‘zini Buxoro shahrida yashovchi fuqaro B.M.ga Milliy gvardiya xodimi sifatida tanishtirib, huquqbuzarligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga undan 200 ming so‘m talab qilgan. M.S. ushbu pullarni Buxoro shahridagi savdo do‘koni oldida olayotgan vaqtida Buxoro shahar IIO FMB va Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan M.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!