Buxoroda qo‘shmachi ayol voyaga yetmagan qizni fohishalikka undadi

Buxoroda qo‘shmachi ayol voyaga yetmagan qizni fohishalikka undadi

Buxoro shahrida qo‘shmachilik fakti bo‘yicha ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Unga ko‘ra, Buxoro shahri IIO FMB TB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida G‘ijduvon tumani «Pozagari» MFYda yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan S.M. ismli ayol S.O. va N.F. ismli hamda voyaga yetmagan X.J. bilan telefon orqali tanishib, ular bilan uchrashib, ularga Buxoro shahrida yaxshi daromadli ish borligini aytib qiziqtirgan.

Ularga fohishalik bilan shug‘ullanishi, o‘zi mijoz topib berishini tushuntirib, 2021 yil o‘rtalaridan 2022 yil mart oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Buxoro shahridagi turli millatga mansub fuqarolarga ma’lum bir haq evaziga turli joylarga yubortirib, qo‘shmachilik qilish jinoyatini sodir qilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Siz qaysi domendagi internet magazinlaridan ko‘proq foydalanasiz?


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!