Buxoroda nogironlik nafaqasini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Buxoroda nogironlik nafaqasini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Buxoro viloyati Shofirkon tumani Ichki ishlar bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tumanning Vardonze mahallasida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro O.Q. ismli shaxs o‘zining tanishi fuqaro X.G. ismli ayolning ishonchiga kirib, uni aldaydi. Pora evaziga tibbiy ekspertiza komissiyasida ishlovchi tanishlari orqali unga nogironlik nafaqasini rasmiylashtirib berishni va’da qiladi. Shofirkon shoh ko‘chasida kimyoviy ishlov berilgan 6 million 402 ming so‘m pulni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olinadi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro O.Q. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!