Buxoroda mehmonga borgan yigit uy egasini o‘ldirib qo‘ydi

Buxoroda mehmonga borgan yigit uy egasini o‘ldirib qo‘ydi

Ma’lum qilinishicha, B. ismli yigit tanishi M. ismli qiz bilan birga Shofirkon tumani Shofirkon shoh ko‘chasida joylashgan 50-sonli uyda yashovchi tanishi A. ismli yigitning yashash uyiga mehmondorchilikka borgan. Kechki 00:30 ga qadar suhbatlashgan va havo sovuqligi bois spirtli ichimlik ichgan. Shundan so‘ng B. va A.ning orasida janjal sodir bo‘lgan.

Janjal davomida A. B.ni temir bo‘lagi bilan urib, unga o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazgan. Bundan jahli chiqqan B. sherigining qo‘lidan temir bo‘lagini tortib olib, mazkur temir bo‘lagi bilan uning bosh, yuz, qorin, qo‘l va tanasining turli qismlariga hayot uchun xavfli bo‘lgan usulda qasddan bir necha marotaba urib unga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Mast holatda bo‘lgani uchun A. o‘zini himoya qila olmagan va voqea joyida halok bo‘lgan.

Mazkur holat yuxasidan ayblanuvchi B. Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandida ko‘rsatib o‘tilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!