Buxoroda mahalla raisi jinoyat ustida qo‘lga olindi

Buxoroda mahalla raisi jinoyat ustida qo‘lga olindi

G‘ijduvon tumanida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, tuman mahallalaridan birining raisi, 1975 y.t. D.I. xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro O.X. ni aldab, uning turmush o‘rtog‘i M.SH. ga ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa tayinlash evaziga tamagirlik yo‘li bilan 500.000 so‘m pul berishni talab qilib, pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan D.I. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!