Buxoroda kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan sobiq bank xodimlari aniqlandi

Buxoroda kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan sobiq bank xodimlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Mikrokreditbank” Buxoro mintaqaviy filialining Kogon bank xizmatlari markazi sobiq mutaxassisi M.K. otasi M.K. nomiga tashkil etilgan “K.H.” MCHJga maishiy texnika sotib olish uchun 245 mln so‘m kredit ajratilishiga erishib, amalda kredit mablag‘ini boshqa maqsadlarda sarflab talon-toroj qilganligi hamda markaz nomidan notarial idoraga soxta xat taqdim qilib, kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan 391,1 mln so‘mlik “YUCHANG” rusumli tirkamani taqiqdan chiqarib yuborganligi aniqlangan.

Shu kabi, Kogon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Mikrokreditbank” Buxoro viloyat mintaqaviy filialining sobiq mutaxassisi B.R. 2021 yilda 5 nafar fuqaroning nomiga ularning xabardorligisiz jami 156,5 mln so‘m mikroqarz va imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi, shuningdek o‘zining jinoiy harakatlarini yashirish maqsadida fuqarolar A.D. va U.R.larning kredit yig‘ma jildlarini qasddan yo‘qotib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167 moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish) va 227-moddasi (avtomototransport vositalarini yashirish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!