Buxoroda erkak xotini va 7 yoshli bolasining o‘limiga sababchi bo‘ldi

Buxoroda erkak xotini va 7 yoshli bolasining o‘limiga sababchi bo‘ldi

Buxoro. 2020 yilning 29 sentyabr kuni soat 07:30 da 30 yoshli S.J., boshqaruvida bo‘lgan “Nexia” rusumli avtomashinani Jondor-Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borib, Buxoro tumani “Rabotiqalmoq” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-72 avtomobil yo‘lining 8 km. da, avtomashina boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning harakat yo‘nalishi bo‘yicha o‘ng tomonida joylashgan beton to‘siqqa avtomashina old qismi bilan urilishi oqibatida avtomashina bir necha marotaba ag‘darilib aylanib ketib, yo‘l transport hodisasini sodir qilgan.

Natijada avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchilar turmush o‘rtog‘i 29 yoshli B.X., hamda uning voyaga yetmagan farzandi 7 yoshli K.T., lar hodisa joyida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!