Buxoroda dizel yoqilg‘isini talon-toroj qilishdi

Buxoroda dizel yoqilg‘isini talon-toroj qilishdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi 9-sonli fermerlarga yoqilg‘i tarqatish shahobchasi moddiy javobgar shaxslari o‘zlari xizmat ko‘rsatuvchi “D.” va boshqa fermer xo‘jaliklari uchun “Buxoroneftbazasi” MCHJ tomonidan ajratilgan umumiy qiymati 143,8 mln so‘mlik 20,7 ming litr dizel yoqilg‘isini hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!