Buxoroda ayanchli hodisa sodir bo‘ldi: qurbonlar bor (FOTO +18)

Buxoroda ayanchli hodisa sodir bo‘ldi: qurbonlar bor (FOTO +18)

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining bergan xabariga ko‘ra, 2020 yilning 31 may kuni soat 17:30 da haydovchi 24 yoshli SH.X., boshqaruvida bo‘lgan «Lacetti» rusumli avtomashinani «G‘uzor- Beyneu» yo‘nalishidagi A-380 yo‘lining Jondor tumani “Luqmon” Gazli cho‘l hududidan o‘tuvchi asfalt yo‘ldan boshqarib ketayotib, ushbu yo‘lning 301-kilometriga yetganida, o‘ziga nisbatan yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishidan harakatlanib kelayotgan 46 yoshli D.SH. boshqaruvida bo‘lgan “MAN” rusumli yuk avtomashinasini old qismiga borib urilib, yo‘l transport hodisasi sodir qilgan.

Oqibatda «Lacetti» rusumli avtomashina haydovchisi SH.X. va ushbu avtomashina old yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi 48 yoshli T.Q. og‘ir tan jarohatlari olib, hodisa joyda vafot etgan.

Buxoroda ayanchli hodisa sodir bo‘ldi: qurbonlar bor (FOTO +18)

Buxoroda ayanchli hodisa sodir bo‘ldi: qurbonlar bor (FOTO +18)

Holat yuzasidan Jondor tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari Buxoro viloyati IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!