Buxoroda avtomashina o‘g‘risi qo‘lga olindi

Buxoroda avtomashina o‘g‘risi qo‘lga olindi

Joriy yilning 4 avgust kuni soat 01:30 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani «Amirobod» ovulida yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan Z.L. ismli shaxs Buxoro shahar Mustaqillik ko‘chasida joylashgan «AIROBUS» avtomashinalar yuvish shoxobchasida yuvish uchun qoldirilgan Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro O.SH. ga tegishli bo‘lgan «Matiz» rusumli avtomashinani olib qochib, noma’lum tomonga yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan kelib tushgan xabar asosida Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, kechiktirib bo‘lmas tezkor qidiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan.

E’lon qilingan «To‘sib ushlash» maxsus tezkor rejasi asosida o‘tkazilgan tezkor texnik va qidiruv tadbirlari davomida olib qochilgan avtomashinaning «Buxoro-Qashdaryo» viloyatlarini bog‘lab turuvchi «Shirinbuloq» YPX maskanidan o‘tib ketganligi aniqlanib, Qashqadaryo viloyati hududida qo‘lga olindi.

Hozirda jinoyat ishida gumon qilinuvchi Z.L. ga nisbatan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!