Buxoroda avtobus yonib ketdi

Buxoroda avtobus yonib ketdi

Ijtimoiy tarmoqda "Buxoroda avtobus yonib ketdi" sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan ma’lumot berildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 17 yanvar kuni soat 09:30larda, Buxoro viloyati, Buxoro tumanida joylashgan "Jondor" avtoturargohining oxirgi bekatida, 76-yo‘nalishda harakatlanuvchi, haydovchi, 1962 yilda tug‘ilgan Z.O. boshqaruvidagi "Isuzu" rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘lgan. 

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Avtobusning ayrim qismlari yong‘indan zararlangan. 

Mazkur hodisa yuzasidan Buxoro tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!