Buxoroda 51 yoshli ayol o‘zini 8-qavatdan tashlamoqchi bo‘ldi (video)

Buxoroda 51 yoshli ayol o‘zini 8-qavatdan tashlamoqchi bo‘ldi (video)

Buxoro shahrida 3 may kuni 51 yoshli ayol o‘zini 8-qavatdan tashlamoqchi bo‘ldi. Bu haqda «Bugun.uz»’ xabar berdi.

Voqea soat 10:00 atrofida Fayzulla Xo‘jayev mahallasida sodir bo‘lgan. 51 yoshli ayol turli ichki kechinmalar ta’sirida ruhiy o‘zgaruvchanlik sabab Ibrohim Mo‘minov ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan 8 qavatli binonining so‘nggi qavatidan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan.

Voqea joyiga yetib kelgan shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimi, katta leytenant Mirzayev Izzat Choriyevich u bilan tushuntirish ishlari olib borib, fuqaroning ushbu harakatlari oldi olingan. Ayolga tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatilib, voqea sabablari o‘rganilmoqda.

Buxoroda 51 yoshli ayol o‘zini 8-qavatdan tashlamoqchi bo‘ldi (video)

 

Avvalroq Navoiyda 20 yoshli qiz ko‘prikdan o‘zini daryoga tashlab, joniga qasd qilgani xabar qilingan. Shuningdek, Navoiyda ayol joniga qasd qilish maqsadida o‘zi va uch nafar qizini poyezd tagiga tashlagani ma’lum qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!