Buxoroda 10 ga yaqin shaxsga qasddan OIV infeksiyasini yuqtirgan ayol qo‘lga olindi

Buxoroda 10 ga yaqin shaxsga qasddan OIV infeksiyasini yuqtirgan ayol qo‘lga olindi

1 mart kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda, Kogon shahar, Birdamlik ko‘chasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan X.D. ismli ayol fuqarolarga qasddan OIV infeksiyasini yuqtirgani aniqlandi. Bu haqda viloyatning yangiliklar nashri xabar qildi.

Ayblanuvchi 2017 yilning 21 dekabr kunidan boshlab Buxoro viloyat OITSga qarshi kurashish markazi xodimlari tomonidan OIV infeksiyasini yuqtirgan shaxs ro‘yxatga olingan.

Fuqaro OIV infeksiyasini boshqa shaxslarga qasddan yuqtirganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida ogohlantirilgan va undan ehtiyotkorlik yuzasidan tilxat olingan. 

Shunga qaramasdan, o‘zining OIV infeksiyasiga chalinganligini bila turib, 2020 yilning avgust oyidan 2021 yilning fevral oyiga qadar, 10 dan ortiq fuqarolar R.SH., R.B., A.J., S.SH., H.B., SH.A., M.A., E.A., H.D. va boshqa shaxslar bilan Buxoro shahrining turli joylarida himoya vositalarisiz jinsiy aloqada bo‘lib, ushbu shaxslarga OIV infeksiyasini qasddan yuqtirish va yuqtirish xavfi ostida qoldirish jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Tergov boshqarmasi tomonidan X.D.ismli ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!