Buxoro tumanida sodir etilgan o‘g‘rilik fosh etildi

Buxoro tumanida sodir etilgan o‘g‘rilik fosh etildi

Buxoro tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, 2021-yil 12-avgust kuni soat 09:00 dan soat 14:40 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs, tumanning “Dilobod-Zafarobod” mahallasi “Diosiyo” qishlog‘ida yashovchi G‘.G. ning yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, uyining yotoqxonasidan 15 turdagi tillo taqinchoqlarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, jabrlanuvchiga ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan kelib tushgan xabar asosida tuman Ichki ishlar bo‘limi tergov-tezkor guruhi tomonidan kechiktirib bo‘lmas surishtiruv hamda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zda kechirilgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakati davomida voqea joyidan 21 dona qo‘l-barmoq izlari olingan.

Mazkur jinoiy hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan noma’lum shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert kriminalistika bo‘limi kriminalistlari tomonidan voqea joyidan olingan 21 dona qo‘l barmoq izlari ustida o‘tkazilgan kriminalistik tadqiqotlar va “Shaxsni avtomatlashtirilgan daktiloskopik identifikasiya qilish tizimi” orqali tekshiruv o‘tkazilganda, o‘g‘irlik holati sodir bo‘lgan uy yotoqxonasi derazasining singan shishasi yuzasidan ko‘chirib olingan ikki dona qo‘l-barmoq izlari 1991-y.t. X.A. ismli shaxsning o‘ng qo‘l bosh va nomsiz barmoqlaridan qoldirilganligi aniqlangan.

Daktiloskopik ekspertiza xulosasiga asosan tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-izlov va tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni haqiqatdan ham ushbu X.A. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirgi kunda jinoyat ishida gumon qilinuvchi X.A.ga nisbatan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan holda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!