Buxoro tug‘ruq kompleksi jonlantirish bo‘limi mudiri tamagirlik ustida qo‘lga olindi

Buxoro tug‘ruq kompleksi jonlantirish bo‘limi mudiri tamagirlik ustida qo‘lga olindi

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hamkorlikdagi o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi jonlantirish bo‘limi mudiri Buxoro shahrida yashovchi, 50 yoshli ayol o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda bajarishi lozim bo‘lgan muayyan harakatni pora evaziga bajarishi qonunga xilof ekanligini bila turib, fuqaro H.R. kelinining homilasini jarrohlik yo‘li bilan dunyoga keltirganligi uchun tamagirlik yo‘li bilan kimyoviy ishlov berilgan 450.000 so‘m pullarni talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 214-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!