Buxoro shahridagi sayyor sudda lisenziyasiz yo‘lovchi tashish holatlari muhokama qilindi

Buxoro shahridagi sayyor sudda lisenziyasiz yo‘lovchi tashish holatlari muhokama qilindi

Lisenziyaga ega bo‘lmay turib, yo‘lovchi tashish faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanish soliqdan qochish yoki shu sohada amaldagi tartib-qoidaga bo‘ysunib yashayotgan madaniyatli haydovchilarga nisbatan hurmatsizlikkina emas, balki huquqbuzarlik ham.

Kuni kecha o‘tkazilgan sayyor sud majlisida ana shunday haydovchilar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar ko‘rib chiqildi.

Muhokamada O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 176-3-moddasi, ya’ni yo‘lovchi tashish faoliyati bilan tegishli ruxsatnoma (lisenziya) olmasdan turib shug‘ullangan 25 ta holatga nisbatan qonuniy baho berildi. Maxsus lisenziyaga ega bo‘lmay yo‘lovchi tashigan haydovchilarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishi ta’minlandi.

Shuningdek, 24 ta holatda haydovchilar huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab 30 kun davomida ixtiyoriy ravishda huquqbuzarlik holatini bartaraf etib, avtotransport vositasi yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziya varaqasi bilan ta’minlanganligi sababli, ularga MJtK ning 271-moddasi 11-bandi qo‘llanilib, ma’muriy ishlar tugatildi.

Saidjon Badriddinov,
jinoyat ishlari bo‘yicha

Buxoro shahar sudining sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!