BuxDU ga 500 AQSh dollari evaziga ishga joylashtirib qo‘ymoqchi bo‘lgan ayolning kirdikorlari fosh bo‘ldi

BuxDU ga 500 AQSh dollari evaziga ishga joylashtirib qo‘ymoqchi bo‘lgan ayolning kirdikorlari fosh bo‘ldi

Buxoro shahridagi maktablardan birida mehnat qilayotgan shaxs yaxshiroq maoshni ko‘zlab Buxoro davlat universitetiga ishga joylashmoqchi bo‘ladi. Bir tanishi orqali «Gulnoz Gulyamova» degan ayolning telefon raqamini oldi. O‘z navbatida G. Gulyamova «xolis» xizmati uchun 500 AQSh dollari so‘raydi.

Ayol 400 dollar miqdoridagi naqd pulni berib, tyuterlik lavozimiga ishga joylashtirganidan so‘ng qolgan 100 AQSh dollarini berishini aytadi. Shundan keyin saytga o‘zining pasport va diplom nusxalarining elektron shakllarini tyuterlikka ishga qabul qilinishi uchun joylashtirdi. Ammo ushbu sayt orqali ish staji ikki yildan kam bo‘lganligi sababli tyuterlikka qabul qilinmasligi to‘g‘risida javob keldi. Ishga kira olmasligiga ko‘zi yetgan ayol G. Gulyamovadan pulni qaytarishni so‘radi. Firibgar ayol esa uzoq va’dalardan so‘ng nihoyat pulni bir tanishi orqali yetkazayotgan pallada jinoiy qilmishi huquqni muhofaza qilish idorasi xodimlari tomonidan fosh etildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudida mazkur jinoiy ish atroflicha ko‘rib chiqildi.Sudya N. Sharopov raisligida o‘tkazilgan sudda Gulnoz Gulyamovaga ikki yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!