Bo‘stonliqda bankdan 495 mln so‘m kredit olgan fuqaro uni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yubordi

Bo‘stonliqda bankdan 495 mln so‘m kredit olgan fuqaro uni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yubordi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida bankdan katta miqdorda kredit olib, uni o‘z vaqtida qaytarmagan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan fuqaroga jinoiy ish ochildi. Bu haqda «Daryo»ga Bosh prokuratura axborot xizmati ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘stonliq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «Mikrokreditbank» ATB boshqaruvi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan «Qishloq xo‘jalik korxonalarini qayta qo‘llab-quvvatlash dasturi» bo‘yicha tuzilgan kelishuvga asosan, «N.» MCHJga chorvachilikni rivojlantirish, qoramol hamda yem-xashak mahsulotlarini sotib olish uchun ajratilgan 495 million so‘m kredit mablag‘lariga jamiyat rahbari S.A. 50 bosh qoramol xarid qilgan. So‘ngra ushbu qoramollarni 500 million so‘m naqd pulga sotib yuborib, sotuvdan tushgan mablag‘larni bank muassasasiga topshirmasdan o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib, davlat va jamoat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan S.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!