Bo‘stonliq tumani yo‘l qurilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari noqonuniy yer maydonini sotayotgan vaqtida ushlandi

Bo‘stonliq tumani yo‘l qurilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari noqonuniy yer maydonini sotayotgan vaqtida ushlandi

2022 yil 6 may kuni O‘zbekiston Respublikasi IIVga E.N. ariza bilan murojaat qilib, yer olish maqsadida yurgan vaqtida “I” va “H” ismli fuqarolar bilan tanishib qolganligini, ushbu fuqarolar unga tanishi “D” ismli fuqaroning nomida bo‘lgan 2,4 gektar yer maydoni borligini aytib, ushbu er maydonini 980.000 AQSh dollariga sotishini, kelgusida hokimiyat idoralaridagi tanishlari orqali ushbu yer maydonlariga kottej qurish uchun hujjatlarini rasmiylashtirib berishini, hozirda oldindan bo‘nak sifatida 98.000 AQSh dollarini talab qilib kelayotganligini bayon qilib, qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi Yer resurslari talon-taroj qilinishining oldini olish boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasining Yer resurslari talon-taroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, “I” va “H”lar Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Dilnur” oshxonasida ariza muallifidan talab qilgan 980.000 AQSh dollaridan bo‘nak sifatida 49.000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandilar.

Mazkur holat yuzasidan, 2022 yil 6 may kuni Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan fuqarolar “I” va “H”larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda 28,211-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “I” va “H”lar JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!