Bursa 2022 yil muhim tadbirlarga mezbonlik qiladi

Bursa 2022 yil muhim tadbirlarga mezbonlik qiladi

Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Erso‘y “Turk dunyosi madaniyat poytaxti” deb e’lon qilingan Bursaning bu yil ko‘plab muhim tadbirlarga mezbonlik qilishini ta’kidladi.

Erso‘y Bursaning Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti (TURKSOY) tomonidan “Turk dunyosi madaniyat poytaxti” deb e’lon qilinishi munosabati bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda so‘zlagan nutqida, 2022 yil Bursada kop’lab madaniy tadbirlar va muhim voqealar bo‘lishi kutilayotganini bildirdi.

Erso‘y “Turk dunyosi madaniyat poytaxti” deb e’lon qilinishi munosabati bilan bu yil Bursada katta tantanalar bo‘lib o‘tishini aytar ekan, jumladan, o‘tgan yili Istanbul shahrida birinchi bor o‘tkazilgan “Qo‘rqut ota Turk dunyosi film festivali”ning ikkinchisining 2022 yilda Bursada tashkil etilishini ma’lum qildi.

Erso‘y shuningdek, Bursa shahrining geografik joylashuvi va rivojlangan transport tarmog‘i bu shaharga kelmoqchi bo‘lgan turistlar sonining oshishiga ham xizmat qilishini ta’kidladi.

Mehmet Erso‘y Bursa shahriga berilgan “Turk dunyosi madaniyat poytaxti” maqomi ham haqida so‘z yuritar ekan, buning naqadar yuksak va mas’uliyatli maqom ekanligini va undan to‘g‘ri foydalanilsa, shahar xalqi uchun katta imkoniyatlar eshiklarini ochishini tilga oldi.

Erso‘y TURKSOY tomonidan 2012 yildan beri berib kelinayotgan “Turk dunyosi madaniyat poytaxti” maqomiga shu kunga qadar Ostona, Eskishehir, Qozon, Marv, Turkiston, O‘sh va Xiva shaharlari loyiq topilganlini eslatar ekan, hozirda mazkur maqom Bursada ekanligining barcha mutasaddi tashkilotlar zimmasiga mas’uliyatli vazifalar yuklashini qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!