Burkina-Fasoda harbiy to‘ntarish bo‘ldi

Burkina-Fasoda harbiy to‘ntarish bo‘ldi

Burkina-Fasoda harbiy to‘ntarish bo‘lib o‘tdi, uning natijasida podpolkovnik Pol-Andre Sandaogo Damibu taxtdan ag‘darildi, deya xabar beradi Le Faso.

Qayd etilishicha, davlat to‘ntarishining boshida kapitan Ibrohim Traore turgan.

Traore konstitusiyaning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish, hukumat va parlament tarqatib yuborish, chegaralar yopilishini e’lon qildi.

Podpolkovnik Damibuning qayerda ekanligi noma’lum.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!