“Bunyodkor” klubi futbolchisi koronavirus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda

“Bunyodkor” klubi futbolchisi koronavirus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda

Coca-Cola Superliga 9-turidan o‘rin olgan “Buxoro” — “Bunyodkor” uchrashuvi noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda Professional futbol Ligasi (PFL) rasmiy sayti xabar qilmoqda.

“Bunyodkor” klubi futbolchilaridan biri virus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda. Shundan kelib chiqib, futbolchi alohida izolyasiyaga olingan”, - deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, “Bunyodkor” bazasi dezinfeksiya qilinadi va jamoa a’zolari tekshiruvdan o‘tadi. Hammasi joyida bo‘lgan taqdirda, futbolchilar shifokorlar nazorati ostida mashg‘ulotlarni davom ettirishga ruxsat etiladi.

Shuningdek, “Bunyodkor” bilan 7 iyul kuni bahs olib borgan “Navbahor” futbolchilari ham tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ta’kidlanishicha, hozirda “Navbahor”ning barcha futbolchilari o‘zini yaxshi his qilmoqda.

“Buxoro” — “Bunyodkor” uchrashuvi 14 iyul kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi.

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq 12 855 ta holat aniqlangan. Shulardan 7723 nafari tuzalib ketgan. Virus qurbonlari soni 59 nafarga yetgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!