"Bunga vijdoningiz qanday yo‘l qo‘ydi": DXA rahbari ayrim tadbirkorlarga murojaat qildi

"Bunga vijdoningiz qanday yo‘l qo‘ydi": DXA rahbari ayrim tadbirkorlarga murojaat qildi

 Davlat xizmatlari agentligi direktori Xalilullo Turaxujayev BMW X7, Mercedes, Leksus,  Hyundai, Captiva, Malibu-2, Tracker avtomobillarida «kuryerlik» uchun stiker so‘rayotganlarga murojaat yozdi.

Aytilishicha, Aytilishicha, ushbu arizalarga ilova qilingan hujjatlarda mazkur toifadagi avtomashinalarni haydovchilari kuryer sifatida rasmiylashtirilgan ish beruvchining buyrug‘ini taqdim qilmoqda.

«Mamlakatimizda hukm surayotgan ushbu og‘ir kunlarda bunday ishlarni amalga oshirishga “uddaburon” tadbirkorlarimizning vijdonlari qanday qilib yo‘l qo‘ymoqda ekan?

Aynan ushbu “premium-klass” mashinalar egalari virus tarqatuvchi bo‘lib chiqsa-chi? Mayli, pul uchun hamma narsaga tayyor ekansiz, hech bo‘lmasa, yaqinlaringiz sog‘ligi haqida hech o‘ylab ko‘rdingizmi? Axir bu virus “domino” effekti orqali tarqaladi-ku?

❗️Aynan Sizdek “hurmatli”lar tufayli, haqiqatdan ham oziq-ovqat, dori-darmon, don mahsulotlarini yetkazib beruvchilar tegishli ruxsatnomasini o‘z vaqtida ololmayapti!

Balki Sizda uyat, vijdon kabi his-tuyg‘ular kamroq, xudbinlik esa ko‘proqdir, lekin Sizni jinoyat kodeksidagi javobgarlikning muqarrarligi prinsipi normalari ham qo‘rqita olmaydimi? Insoniylik his tuyg‘ulari ham shunday vaziyatda uyg‘onmaydimi?

❗️Biroq bitta narsani aniq bilishingizni hohlaymiz, g‘arazli maqsadingiz yo‘lida hujjatlarni soxtalashtirishga jinoiy javobgarlik muqarrardir», — deb yozgan DXA rahbari.  

Izohga hojat yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!