Bulung‘urda qo‘lbola aroq mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan erkak ushlandi

Bulung‘urda qo‘lbola  aroq mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan erkak ushlandi

Qayd etilishicha, Bulung‘ur tumani Bo‘ston mahallasida yashovchi fuqaroning uyi xolislar ishtirokida tintuv qilinganda omborxonadan iste’molga yaroqsiz spirt mahsulotlaridan turli xil nomdagi aroq mahsulotlarini qo‘lbola tarzda tayyorlayotgani aniqlangan. Ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, erkak hayvon terilarini oshlash uchun foydalaniladigan texnik spirtdan o‘tkir ta’mli ichimlik ishlab chiqargan. Shuningdek, xonadonda 10 ming so‘mdan boshlab 200 minggacha bo‘lgan aroqlar borligi aniqlangan.


«O‘qiyolmadik, o‘qimishli bo‘lmaganimizdan keyin shunaqa ish qilamiz. Boshqa ish qilolmaymiz. Sizning oldingizda gunohkor bo‘lsak ham, Xudoning oldida gunohkor emasmiz», — deydi xonadon bekasi.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida 330 litr spirt, 165 ta aroq, 1000 dan ortiq aksiz markalar va etiketlar, 1000 dan ortiq aroq shishalari topilgan.

https://t.me/samiibuz/12463


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!