Buloqboshi tuman qurilish bo‘limi mutaxassisi firibgarlik ustida ushlandi

Buloqboshi tuman qurilish bo‘limi mutaxassisi firibgarlik ustida ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buloqboshi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buloqboshi tuman qurilish bo‘limi mutaxassisi Z.U. fuqaro T.S.ga savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi qurish uchun ajratilgan 8 sotix yer maydonining 6 sotixini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali turar joy toifasiga o‘zgartirib berish evaziga 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Z.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!