Bo‘ldimi, bo‘lmadimi? "Tolibon" va turkman chegarachilari o‘rtasidagi otishma xususida

Bo‘ldimi, bo‘lmadimi? "Tolibon" va turkman chegarachilari o‘rtasidagi otishma xususida

"Tolibon" va turkman chegarachilari o‘rtasidagi otishma haqida turli fikrlar bor.

Etilaatroz'ning "Tolibon" jangovar bo‘linmalaridagi manbaga tayanib xabar berishicha, Hamyab mintaqasidagi chegaradagi to‘qnashuvlar tufayli Akina porti o‘z ishini to‘xtatib qo‘ygan. Faqat bugun ertalab, "Tolibon" turkman tomoni bilan bu haqda kelishib olgandan keyin u faoliyatini qayta tiklagan. Shu sababli Akinadan 40 ga yaqin bo‘sh konteyner Turkmanistonga jo‘nab ketdi.

Ushbu manbaga ko‘ra, jang natijasida turkmanlar 4 askarini yo‘qotgan va yana 4 nafari yaralangan. Afg‘oniston tomonida avvalroq bir fuqaro halok bo‘lgan, yana biri yaralangan.

Biroq qo‘shni Faryob viloyati madaniyat va axborot boshqarmasi boshlig‘i Shamsulloh Muhammadiy Akina portining bir kunga yopilishini rad etadi. Rasmiy Kobul va Ashxobod chegarada hech qanday hodisa bo‘lmaganini ta’kidlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!