Bo‘kada o‘qituvchilar bir necha kundan beri majburan ishlatilyaptimi?

Bo‘kada o‘qituvchilar bir necha kundan beri majburan ishlatilyaptimi?

Ijtimoiy tarmoqda “Bo‘kadagi maktab o‘qituvchilari bir necha kundan beri majburiy mehnatga jalb etilmoqda” mavzusida xabar e’lon qilindi.

Xabarda yozilishicha, Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani XTBga qarashli 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari direktor tomonidan majburiy mehnatga jalb etilgan. O‘qituvchilarni majburan uyidan chaqirtirilgan. Shu bilan birga, xabarda karantin vaqtida zaruratsiz ko‘chaga chiqish mumkin emasligi qayd etilgan. Majburiy mehnat davlatimiz rahbari tomonidan taqiqlanishiga qaramay, qarorini bajarilmayotgani tanqid qilingan. Xabar so‘nggida o‘qituvchilarni majburan ishlatganlarga chora ko‘rilmaydimi, deya savol bilan murojaat qilingan.

Ayni vaqtda mazkur xabar mutasaddi xodimlar tomonidan o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!