Bugungi kunga qadar qancha bolalar respublika bo‘yicha 1-sinfga qabul qilingani ma’lum qilindi

Bugungi kunga qadar qancha bolalar respublika bo‘yicha 1-sinfga qabul qilingani ma’lum qilindi

Bu ko‘rsatkich qabul rejaga nisbatan 92%ni tashkil etadi, deya yozadi, Maktabga onlayn qabul.

Shuningdek elektron qabul jarayonlari o‘tkazilayotgan hudududlarda jami 80 ming nafardan ortiq bolalar my.maktab.uz platformasi orqali maktablarga onlayn tarzda qabul qilindi.

20 iyundan 31 iyulga qadar ota-onalar tomonidan biriktirilgan mikrohudud bo‘yicha onlayn yuborilgan 55 049 ta arizalar maktablar tomonidan qabul qilindi.

Joriy yil 1 avgustdan boshlab farzandlarini 1-sinfga joylashtirish uchun my.maktab.uz elektron plaftormasi orqali ota-onalarga mikrohududdan tashqari bo‘sh o‘rinlar bo‘yicha qo‘shimcha ariza topshirish boshlandi.

O‘n besh kunda (1-15 avgust kuni) mikrohududdan tashqari bo‘sh o‘rinlar bo‘yicha ota-onalar tomonidan 34 206 ta arizalar qabul qilindi.

Topshirilgan arizalar bo‘yicha 31 799 nafar o‘quvchilar 1-sinfga qabul qilindi va 2407 nafar ota-onalar onlayn navbat asosida umumta’lim maktablariga borishlari kutilmoqda.

Mikrohududdan tashqari qabul uchun arizalar yuborish joriy yilning 30 avgustiga qadar davom etishini ma’lum qilamiz.

16 avgustdan boshlab Toshkent shahri va viloyat markazlaridan tashqari boshqa hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarga mikrohududdan tashqari qabul uchun ariza yuborish jarayoni ishga tushirildi.

Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni @mymaktab_uz telegramm kanali yoki 71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!