Bugundan charter reysda O‘zbekistonga qaytmoqchi bo‘lgan fuqarolar maxsus anketani to‘ldirishi talab etiladi

Bugundan charter reysda O‘zbekistonga qaytmoqchi bo‘lgan fuqarolar maxsus anketani to‘ldirishi talab etiladi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi charter reysda O‘zbekistonga qaytish istagidagi fuqarolar diqqatiga muhim yangilikni e’lon qildi.  

Keltirilishicha, charter avia reyslarga ro‘yxatga olish tizmini avtomatlashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan alohida vertual anketa shakli ishlab chiqildi.  

Bugun, 29 may kunidan boshlab, Vatanamizga qaytmoqchi bo‘lgan fuqarolar, vertual anketani to‘ldirishi kerak bo‘ladi.

Agar siz, 2020 yil 29 may kuniga qadar Bosh konsulxona telegramm kanali orqali charter reys ro‘yxatiga olingan bo‘lsangiz, bu anketani to‘ldirishingiz shart emas. Chunki Siz ro‘yxatga olingansiz.

?Charter reysga ro‘yxatda turish uchun anketani to‘ldirish


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!