Bugundan boshlab poytaxtda yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etildi

Bugundan boshlab poytaxtda yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022.yil 2 fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-111-sonli qaroriga asosan jamoat transporti tizimini uning barcha turlarini uzviy bog‘lagan holda kompleks rivojlantirish, aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini oshirish maqsadida, joriy yilning 16 avgust kuni, ya’ni bugundan boshlab 139-sonli "Birlik mavzesi-Chilonzor metrosi" yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etilmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati ma’lum qildi.

Yo‘nalish harakati to‘g‘ri yo‘nalishda "Birlik mavzesi"dan Ko‘rkam, Ko‘kcha Darvoza, Nazarbek, Jurjoniy, Farhod, Kichik halqa yo‘li ko‘chalari orqali "Chilonzor metrosi"ga qadar, qaytish yo‘nalishida "Chilonzor metrosi"dan Kichik halqa yo‘li, Farhod, Jurjoniy, Uchtepa ko‘chalari orqali "Birlik mavzesi"ga qadar soat 6:00 dan 21:15 gacha harakatlanishi belgilangan.

Mazkur yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish huquqi vaqtinchalik navbatdagi tenderga qadar Jamiyatning "4-Avtobus saroyi" filialiga biriktirildi. Yo‘nalishdagi jadvallar soni ISUZU rusumli avtobuslar asosida ish va shanba kunlariga 3 ta, yakshanba kunlariga 2 ta etib belgilanganligini ma’lum qilamiz, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!