Bugundan boshlab omonatchilar «Turkistonbank»dagi mablag‘larini qaytarib olishlari mumkin

Bugundan boshlab omonatchilar «Turkistonbank»dagi mablag‘larini qaytarib olishlari mumkin

O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvining 2022 yil 7 oktyabrdagi qaroriga asosan «Turkiston» xususiy aksiyadorlik tijorat bankidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziya chaqirib olingan edi.

Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi Kuzatuv kengashining 2022 yil 18 noyabrdagi qaroriga asosan «Turkistonbank» omonatchilarining mablag‘larini muddatidan avval qaytirilishi belgilandi.

Bugun, 21 noyabrdan boshlab «Turkistonbank» omonatchilari bo‘lgan jismoniy shaxslar omonatga joylashtirgan mablag‘lari yuzasidan agent-bank sifatida tanlangan «Qishloq qurilish bank»ka murojaat etishlari mumkin.

Shuningdek, omonatchilar qaytarib olinayotgan pul mablag‘larini o‘zlari xohlagan tarzda – naqd pul shaklida olishi, bank kartasiga ko‘chirishi yoki agent-bank bo‘lgan «Qishloq qurilish bank»ka omonatga qo‘yishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!