Bugun yurtimizda qanday ob-havo hukm suradi?

Bugun yurtimizda qanday ob-havo hukm suradi?

Bugun O‘zbekistonda havo harorati +32-37 daraja bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi prognoz qilinmoqda.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Poytaxtda kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati +34-36 daraja bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati +20-25 daraja bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!