Bugun O‘zbekistonda mehnat migrantlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish boshlanadi

Bugun O‘zbekistonda mehnat migrantlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish boshlanadi

Oldin xabar berganimizdek, Rossiyaga tashkillashtirilgan tartibda ishga yuborilayotgan mehnat migrantlarining birinchi guruhi bugun 19 oktyabr kuni O‘zbekistonda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bu haqida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabariga asosan, RIA Novosti xabar bermoqda.
“Bugun birinchi 35 kishi ilk bor tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Dastur doirasida ishlash mexanizmining so‘nggi sinovlari o‘tkazilmoqda”, - dedi agentlik vakili.
Mutaxassis aytishiga ko‘ra, O‘zbekiston tomona Rossiya IIVga talabgorlarning pasport ma’lmuotlarini yuborishni boshlagan. IIV nomzodlarni Rossiyaga kirishga ta’qiq qo‘yilgan yoki qo‘yilmaganini tekshirishadi.
Undan tashqari Agentlik vakili pilot loyiha doirasida Toshkentga 10ta kompaniya vakillari kelib mutaxassislarni tanlab olishni boshlaganini ham ma’lum qildi. “Yaqin kunlar ichila Rossiya Qurilish vazirligi ro‘yxatida bo‘lgan boshqa kompaniyalar vakillarini ham kutmoqdamiz”, - dedi manbaa.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Rossiyaning yirik qurilish ob’ektlarida ishlash uchun O‘zbekistondan 10 ming kishini tashkillashtirilgan tartibda ishga jalb qilish bo‘yicha loyiha ishga tushirilgan. Uning doirasida Rossiyalik shifokorlar mehnat migrantlarini O‘zbekistonda ko‘rikdan o‘tkazish va rus tilidan imtihon olish hamda “Sputnik layt” vaksinasi bilan emlash rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!