Bugun Turkiyadan, ertaga esa Rossiyadan hamyurtlarimiz O‘zbekistonga qaytariladi

Bugun Turkiyadan, ertaga esa Rossiyadan hamyurtlarimiz O‘zbekistonga qaytariladi

Ertaga, 2 iyun kuni Moskvadan hamyurtlarimiz O‘zbekistonga olib kelinadi.

Ertaga Toshkent Moskva Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslar amalga oshiriladi.

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro‘yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro‘yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Ro‘yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo‘yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkent – Istanbul – Toshkent charter reysi amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!