Bugun Toshkentning ikki tumanida issiqlik ta’minoti vaqtincha o‘chirildi

Bugun Toshkentning ikki tumanida issiqlik ta’minoti vaqtincha o‘chirildi

Chilonzor va Yunusobod tumanida issiqlik uzatish quvurida ta’mirlash ishlari sabab issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

“Veolia Energy Tashkent” MCHJ Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bugun, 18 noyabr kuni 10:00 dan (Yunusobodda 9:30 dan) issiqlik uzatish quvurida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti cheklanmagan holda issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

  • Chilonzor 5, 6, 7, 8, 9, 10 va 16 mavzelar;
  • Yunusobod 18 va 19 mavzelar.

Issiqlik ta’minoti Yunusobodda 18 noyabr kuni, taxminan, 18:00 da, Chilonzorda esa 20:00 da tiklanishi qo‘shimcha qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!