Bugun Dilnoza Kubayeva tavallud topgan kun

Bugun Dilnoza Kubayeva tavallud topgan kun

“Shuhrat” medali sohibasi, taniqli kino va teatr aktrisasi Dilnoza Kubayeva 1986 yili 22 noyabrda tavallud topgan. Hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tamomlagan.

Ijodi davomida “Kelgindi kelin”, “Zumrad va Qimmat”, “O‘g‘rigina kelin”, “Hijron”, “Kichkina odamlar”, “Kechikkan hayot”, "Baxt uyi", "Isnod", “Er bermoq-jon bermoq 1,2”, “Telba”, “Vasiyat”, “Ko‘rgim keladi”, “Jazo”, “Sevgi”, “Baron”, “Farzandim” kabi filmlarda va ko‘plab spektakllarda o‘ziga xos rollarni ijro etgan. Bugun aktrisa 35 yoshini nishonlamoqda.

Kinematografiya agentligi Dilnoza Kubayevani bugungi tavallud kuni bilan muborakbod etib, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik va ijodiy zafarlar tilaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!