Bu yilgi haj ziyorati bekor qilindimi?

Bu yilgi haj ziyorati bekor qilindimi?

Saudiya Arabistoni haj va umra vaziri Muhammad Solih Bantan bu yil haj ziyoratini amalga oshirmoqchi bo‘lganlarni bu borada shoshilmay turishga chaqirdi. Bu haqda “azon.uz” xabar bermoqda.  

“Ayni paytda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni kuzatyapmiz. Vaziyat yaxshilashgan payt ziyoratga kelmoqchi bo‘lganlarga xabar beramiz”, – dedi vazir davlat televideniyesidagi chiqishida. 

Avvalroq Saudiya Arabistoni hukumati bu yil haj bekor bo‘lgani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilgan edi. 

Hukumat koronavirusga qarshi kurash doirasida Makka, Madina, Riyoz va yana bir qator hududlarga kirish va chiqishlarni taqiqladi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!