Bu yil qaysi OTM filiallari va qanday yangi yo‘nalishlar ochiladi?

Bu yil qaysi OTM filiallari va qanday yangi yo‘nalishlar ochiladi?

🔘 2021/2022 o‘quv yilida:

🔸 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etiladi.

🔸 Toshkent viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiali tashkil etiladi.

🔸 Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi.

🔸 O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialida o‘quv jarayoni boshlanadi.

🔸 “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida “ziyorat turizmi”, “transport logistikasi” va “ijodiy sanoat” (creative industry) magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

🔸 Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti o‘z faoliyatini boshlaydi.

🔸Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida madaniy meros ob’ektlarini asrash fakultetlari ochiladi .


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!