Bu yil qancha abituriyent OTMga kirish uchun imtihon topshiradi?

Bu yil qancha abituriyent OTMga kirish uchun imtihon topshiradi?

Davlat test markazi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlardan arizalar qabul qilish nihoyasiga yetdi.

Bu yil 1 million 200 ming o‘g‘il-qiz test imtihonlari topshiradi.

Abituriyentlardan 395 ming 23 nafari joriy yil, 819 ming 209 nafari esa o‘tgan yillar bitiruvchilaridir. Abituriyentlarning aksariyati – 612 ming 530 nafari ta’limning kunduzgi shaklini tanlagan bo‘lsa, sirtqi bo‘limga 565 ming 902 kishi, kechki bo‘limga 27 ming 417 va masofaviy ta’limga 8 ming 383 nafar abituriyent o‘qishga kirish istagida oliy ta’lim muassasalariga o‘z hujjatlarini topshirgan.

Eng ko‘p – 140 ming 797 kishi Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi abituriyentlar hisobiga to‘g‘ri kelgan. Kuchli uchlikdan Samarqand viloyati – 133 ming 610 nafar va Toshkent viloyati – 116 ming 251 nafar abituriyentlari o‘rin oldi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatidan – 109 ming 938 nafar abiturent, Surxondaryo viloyatidan – 106 ming 145, Andijon viloyatidan – 79 ming 235, Namangan viloyatidan – 77 ming 607, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan – 75 ming 819, Jizzax viloyatidan – 74 ming 346 nafar, Toshkent shahridan – 68 ming 545, Buxoro viloyatidan – 67 ming 663, Xorazm viloyatidan – 64 ming 351, Navoiy viloyatidan – 54 ming 512 va Sirdaryo viloyatidan – 45 ming 413 nafar abituriyent oliy ta’lim muassasalariga kirish maqsadida o‘z hujjatlarini topshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!