“Bu yil ham narxlar pasayadi” – UzAuto Motors

“Bu yil ham narxlar pasayadi” – UzAuto Motors

UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillar narxi pasayishini ma’lum qildi. Bu haqda Daryo nashri xabar qildi. 

Nashrning yozishicha, kompaniya bosh direktori v.b. Rustam Rajabov bu bo‘yicha ishlar olib borilayotganini aytgan. Rajabov shuningdek, barcha modellar tannarxini pasaytirish ustida ishlanayotganini ta’kidladi. 

Lekin bosh direktor aynan qaysi modellar narxi qanchaga pasayishi haqidagi savolga javob bermagan. U«O‘tgan 2020 yilda narxlarni qanchaga paysaytirgan bo‘lsak, bu yil ham undan kam bo‘lmagan miqdorda narxlar pasaytiriladi», – deya javob bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!