Bu yil Egey dengizida 16 mingga yaqin noqonuniy muhojir qutqarildi

Bu yil Egey dengizida 16 mingga yaqin noqonuniy muhojir qutqarildi

Turkiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati kemalari Gresiyadan majburan chiqarilgan muhojirlar va qochqinlarga yordam ko‘rsatishda davom etmoqda, deya xabar berdi Anadolu agentligi.

Yil boshidan beri Turkiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati 16 mingga yaqin noqonuniy muhojirni qutqardi. Yunoniston tomoni talon-taroj qilgan muhojirlar ba’zida qutqaruv jiletlarisiz ochiq dengizda qolib ketishadi, ularning yagona umidi Turkiya qirg‘oq qo‘riqchisi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya qirg‘oq xavfsizligi bo‘linmalari 2022 yilning 1 yanvaridan 30 sentabrgacha Chanakkale, Balikesir, Izmir, Aydin va Mug‘la provinsiyalari qirg‘oqlarida 15 932 nafar noqonuniy muhojirni qutqargan.

Bundan tashqari, kemalarining dvigateli ishlamay qolgan va cho‘kib ketgan 1794 nafar noqonuniy migrant qirg‘oqqa olib chiqildi.

Bundan tashqari, joriy yilning 9 oyi davomida 18 nafar noqonuniy migrantlarning jasadi topilgan, migrantlarni noqonuniy tashish bilan shug‘ullangan 98 nafar shaxs qo‘lga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!