Bu yil 15 mingdan ortiq badavlat rossiyaliklar mamlakatni tark etadi

Bu yil 15 mingdan ortiq badavlat rossiyaliklar mamlakatni tark etadi

Henley & Partnets tahliliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil mamlakatning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan 15 mingdan ortiq badavlat odam Rossiyani tark etadi.

"Rossiya millionerlarini yo‘qotmoqda", dedi Henley uchun ma’lumot to‘plagan New World Wealth tadqiqot bo‘limi rahbari Endryu Amoils.

“So‘nggi o‘n yil ichida badavlat odamlarning Rossiyadan chiqib ketishi soni yil sayin ortib bormoqda, bu esa mamlakat oldida turgan dolzarb muammolar haqida erta ogohlantirishdir. Tarixga ko‘ra, yirik davlatlarning parchalanishidan avval, odatda, aholi ko‘chib ketishining tezlashishi kuzatilgan. Ko‘pincha birinchi bo‘lib ketadiganlar boy odamlar, chunki ularda buning uchun mablag‘ bor ", — deyiladi Henley & Partnets tadqiqotida.

Kompaniya prognozlariga ko‘ra, Ukraina ham o‘z aholisiga nisbatan yirik miqdorda mablag‘li kishilarni boy beradi: yil oxirigacha 2,8 ming millioner mamlakatni tark etishi kutilmoqda (bu million boylikka ega bo‘lgan barcha odamlarning 42 foizini tashkil qiladi)

Tahlilchilar, shuningdek, AQSh va Buyuk Britaniya rossiyaliklar uchun unchalik qulay emasligini, ularning boyligi huquqiy va axloqiy masalalarni keltirib chiqarishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Shuning uchun, emigrasiya uchun eng jozibador davlatlar BAA, Malta, Monako va hatto Mavrikiy bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!