Bu G‘arbning maqsadi mamlakatimizni zaiflashtirish, bo‘lish va yo‘q qilish – Putin

Bu G‘arbning maqsadi mamlakatimizni zaiflashtirish, bo‘lish va yo‘q qilish – Putin

Bu haqda Rossiya Federasiyasi prezidenti o‘z murojaatida ma’lum qildi:

“Ular allaqachon 1991 yilda Sovet Ittifoqini parchalashga muvaffaq bo‘lganliklarini va endi navbat Rossiyaga, uni o‘zaro urishayotgan ko‘plab region va viloyatlarga bo‘linishi kerakligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytishmoqda.

Ular uzoq vaqt bunday rejalarni ishlab chiqdi: Kavkazda xalqaro terrorchilar to‘dalarini rag‘batlantirishdi, bizning chegaralarimiz yaqinida NATOning hujumkor infratuzilmasini targ‘ib qilishdi, total rusofobiyani o‘zlarining quroliga aylantirdi”, – deydi Putin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!