Brokkoli - Gipertoniya xavfini kamaytiradi

Brokkoli - Gipertoniya xavfini kamaytiradi

Britaniyalik olimlar Express nashriga qaysi parhez yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytirishini ma’lum qilishdi. Ular gipertoniya rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradigan asosiy mahsulot deb brokkolini aytishgan.

Olimlarning aytishicha, aksariyat odamlar yuqori qon bosimidan qiynalishadi, hatto ko‘pchiligi o‘z kasalliklari haqida bilishmaydi ham. Shifokorlarning ta’kidlashicha, aynan shu odamlar yurak xurujidan vafot etish xavfi yuqori. Ortiqcha vazndan qiynalayotganlar, chekuvchilar va yomon anamnezga ega qarindoshlari bo‘lgan odamlar xavf ostida. Bundan tashqari, kasallik xavfi yoshga qarab ortadi.

Olimlarning ta’kidlashicha, yuqori qon bosimini nafaqat dori-darmonlar bilan davolash, balki diyetani ham diqqat bilan o‘ylab ko‘rish kerak. Qon bosimini me’yorlashtirishga yordam beruvchi asosiy mahsulot — brokkoli. Bu sabzavot folat kislota, fitoestrogenlar, S vitamini, kalsiy, kaliy va magniyga boy.

Diyetologlar ta’kidlashicha, haftasiga to‘rt marta brokkoli iste’mol qilish qon bosimini sezilarli darajada pasaytiradi. Ular sabzavotni xom iste’mol qilishni yoki bug‘da pishirishni maslahat berishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!