Britaniyaning bir nechta shaharlari aholisi orasida o‘zaro muloqotni taqiqladi

Britaniyaning bir nechta shaharlari aholisi orasida o‘zaro muloqotni taqiqladi

Britaniya hukumati karantin cheklovlarini kuchaytirishda davom etmoqda.

Xususan, qirollikning shimoli-sharqidagi bir nechta shaharlari aholisiga oila a’zolari bo‘lmagan shaxslar bilan muloqot qilish taqiqlandi, deb yozmoqda "24kz.ru". Qayd etilishicha, cheklov maktablar va idoralarga taalluqli emas.

Ta’kidlash kerakki, Buyuk Britaniyada hozirgi kunda koronavirusdan o‘lim darajasi Yevropada eng yuqori ko‘rsatkichga ega - 42 mingdan ortiq odam infeksiya qurboniga aylangan.

Bir necha kun oldin mamlakatda kunlik rekord o‘sish qayd etildi - Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan COVID-19 kasalligining 6 mingdan ortiq yangi holatlari aniqlandi.

Umuman olganda, pandemiya boshlanganidan beri virus qirollikning 440 mingdan ortiq fuqarolarida tasdiqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!