Britaniyaliklar narxlar oshishi sababli uy hayvonlari uchun mo‘ljallangan oziq-ovqatga o‘tishdi

Britaniyaliklar narxlar oshishi sababli uy hayvonlari uchun mo‘ljallangan oziq-ovqatga o‘tishdi

Ovqatlanish bo‘yicha loyiha menejeri Mark Stid jurnalistlarga hech qachon bu kabi holatni ko‘rmaganligini aytdi:

"Ba’zi odamlar uy hayvonlari uchun chiqarilgan ovqat iste’mol qilsa, boshqalari sham yoki radiatorda ovqat isitayotganidan hali ham hayratdaman", — dedi u.

Narxlar oshishi sababli odamlar bunday choralarga o‘tishga majbur bo‘lishmoqda.

Buyuk Britaniyada inflyasiya oxirgi 41 yil ichida eng yuqori darajaga yetdi, oziq-ovqat va alkogolsiz ichimliklar narxi esa bir yil ichida 16,4 foizga oshdi. Oktyabr oyida inflyasiya yillik ko‘rsatkichda 11,1% gacha tezlashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!