Britaniyalik promouter Usik - Joshua revanshi haqida: "Revanshni ochiq maydonda o‘tkazish istagim bor"

Britaniyalik promouter Usik - Joshua revanshi haqida: "Revanshni ochiq maydonda o‘tkazish istagim bor"

Britaniyalik promouter Eddi Xirn superog‘ir vazn toifasi chempioni Aleksandr Usik va Entoni Joshua o‘rtasidagi revanshning ehtimoliy joyi haqida gapirdi.

"Revanshni ochiq maydonda o‘tkazish istagim bor, ammo buni aprelda o‘tkazishni istayman. Avval biz shunaqa qilgan edik. Shuningdek, ikkinchi jang Britaniyada o‘tishini istayman, ammo ishonchim komil, Usikning jamoasi jang Kiyevda o‘tishini istaydi.

Menda jang Ukrainada o‘tkazilishi bilan bog‘liq muammo yo‘q. Kiyevga borish uchun muammo ko‘rmayapman. Qancha pul ishlab olishimiz mumkinligini tahlil qilishimiz kerak. Albatta, birinchi tanlov - Britaniya. Hozir shuningdek revanshni Yaqin Sharqda o‘tkazish bo‘yicha ham taklifimiz bor", - dedi Xirn.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!