Britaniyalik erkak avtofalokatga uchragan qizga uylandi. Qiz o‘ldi

Britaniyalik erkak avtofalokatga uchragan qizga uylandi. Qiz o‘ldi

Britaniyalik Greg Piters sevgilisi Anna Ledgarga shifoxona palatasida uylandi. Uning sevgilisi avtohalokatga uchragandi. Keyinchalik, qiz to‘ydan bir necha soat o‘tib vafot etdi. Bu haqda The Sun nashri yozmoqda.

Er-xotin bir yarim yil uchrashishdi. Biroq, bir kuni Anna sport zaliga ketayotib, baxtsiz hodisaga uchradi.

"Shoshilinch kasalxonaga bordim. U yerda mashinada ketayotib, unchalik tashvishlanmadim. Shunchaki Annaning qo‘li singan bo‘lsa kerak, hammasi yaxshi bo‘ladi, deb o‘ylagandim", - deydi erkak.

Shifokorlar Ledgarga og‘ir, o‘limga olib keladigan bosh jarohati tashxisini qo‘yishdi. U ventilyatorga ulangan, ammo tirik qolish imkoniyati yo‘q edi.

Piters palatada o‘layotgan qizga uylanishga qaror qildi. Uning qarorini bo‘lajak qaynonasi ham qo‘llab-quvvatladi.

Piters qarindoshlari oldida buvisining uzugini Ledgarning barmog‘iga taqdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!