Britaniyadagi ko‘plab ukrainaliklar uysiz qolishadi

Britaniyadagi ko‘plab ukrainaliklar uysiz qolishadi

Buyuk Britaniyaga kelgan ko‘plab Ukraina fuqarolari olti oylik homiylik dasturi tugaganidan keyin uysiz qolishadi.

Bu haqda The Guardian gazetasi xabar bermoqda.

Maqolada 2022 yil mart oyida Britaniyaga kelgan 22 yoshli ukrainalik ayol haqida hikoya qilinadi.

Qayd etilishicha, u onasi bilan birga Britaniyaga Ukraina oilaviy sxemasi bo‘yicha kelgan, ular xolasi bilan yashashni niyat qilgan. Xolasi joyidan ayrilgach, ular uysiz qolishdi.

Gazetaning yozishicha, ukrainalik ayol va uning onasi besh oydan beri London janubidagi vaqtinchalik turar joy muassasasida yashashadi, u yerda sharoit “dahshatli” va “iflos eski koridorlar”.

Maqolada aytilishicha, homiylik dasturi doirasida Britaniyaga kelgan 150 mingdan ortiq ukrainaliklarning aksariyati xuddi shunday vaziyatga tushib qolgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!